date
views 3 557

“Kalashnikov” Rossiya armiyasiga dronlar yetkazib berishni boshladi

“Kalashnikov” Rossiya armiyasiga dronlar yetkazib berishni boshladi
“Kalashnikov” konserni Rossiya Mudofaa vazirligiga razvedka va hujumkor dron-kopterlar yetkazib berishni boshladi. Bu haqda kompaniyalar guruhi prezidenti Alan Lushnikov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Biz e’lon qilmadik, lekin kopterlarni ishlab chiqaryapmiz va armiyaga yetkazib beryapmiz. Turli maqsadlarga mo‘ljallangan – ham razvedka, ham hujum”, - deydi Lushnikov.

Uning aniqlik kiritishicha, konsernning alohida dron-kopterlari allaqachon seriyali ishlab chiqarila boshlangan, ba’zilarini ishlab chiqarish esa 2023 yilda boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Kalashnikov” Rossiya armiyasiga dronlar yetkazib berishni boshladi