13:10 / 03.11.2022
1 804

Erdo‘g‘on: Shols Putinga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirdi, endi u murosaga kelish tarafdori

Erdo‘g‘on: Shols Putinga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirdi, endi u murosaga kelish tarafdori
Foto: Getty Images
Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan murosaga kelish tarafdori, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on jurnalistlarga.

«Yetakchilar diplomatiyasi muammolarni yechishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Hatto Germaniya kansleri Shols bir oy avval Putinga nisbatan umuman boshqacha pozitsiyaga ega edi, endi esa Rossiyaga munosabatini o‘zgartirib, bitimga kelish muhimligini ta’kidladi», — degan Erdo‘g‘on.

Shols avvalroq Rossiya bilan muloqot olib borish va Ukrainada diplomatik yechim topish muhimligi haqida gapirgandi. Ularning telefon orqali so‘nggi suhbati sentyabrda bo‘lib o‘tgan, shundan keyin Germaniya kansleri Putin Ukrainada harbiy operatsiya boshlash qarori xato bo‘lganini hali tushunib yetmaganini aytgandi. Bir oydan keyin Kreml Putin va Shols kamroq muloqot qilayotganiga sabab — kansler «so‘nggi vaqtlarda Rossiya tomoni pozitsiyasiga quloq solish istagini bildirmayotgani» va vositachilik harakatlarida qatnashishni xohlamayotgani ekanini ma’lum qildi.

Turkiya prezidenti 1 noyabr kuni Putin va Shols bilan telefon orqali alohida-alohida suhbatlashdi. Kreml xabariga ko‘ra, u Rossiya prezidenti bilan don bitimini hamda Putinning Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari bilan uchrashuvi yakunlarini muhokama qilgan. Shols bilan ham u don bitimi haqida gaplashgan, shuningdek, «Rossiyaning yadroviy tahdidlari — mas’uliyatsizligi borasida bir fikrga kelgan».

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo