date
views 1 993

Sergey Romanovich: iymonga kelishi, kinodan ketishi va Istanbuldagi hayot haqida

Sergey Romanovich: iymonga kelishi, kinodan ketishi va Istanbuldagi hayot haqida
Rossiyalik sobiq aktyor Sergey Romanovichning rosa omadi kelgan edi: yoshligidan kino, seriallarda rollar o‘ynab, katta pul topgan, moliyaviy jihatdan mustaqil yigit. Sirtdan qaraganda umuman kamchilik yo‘qdek edi, go‘yo. Biroq garchi bundan oldin u cherkovga ko‘p qatnaydigan pravoslav odam bo‘lsada, u 20 yoshida u islomni qabul qilishga qaror qildi.

«Men cherkovdagi ruhoniyga shunday savol berdim: «Mana, Injildagi ikkinchi amr: o‘zingiz uchun but va uning tasvirini yaratmang, deyilgan. Nega biz ikonalarga ibodat qilamiz?» Uning dalillari juda chalkash edi. Popning fikricha, ikonalar yo‘lboshchilar ekan. Men hayotda maksimalistman va yozilgan so‘zni shundayligicha tushunganman, unda boshqacha bo‘lishi mumkin emas, deb ishonganman, lekin yo‘lboshlovchilar haqidagi gap o‘zining fikriga o‘xshadi. Shunday qilib menda ichki ziddiyat paydo bo‘ldi, men cherkovga borishni, ikonalarga ibodat qilishni to‘xtatdim, men Xudo insonning qalbida va din ommani boshqarish uchun yaratilgan degan fikrga keldim», deydi Romanovich.

Keyinroq aktyor musulmon do‘sti bilan uzoq suhbatlar qurib, Qur’onni o‘qib chiqaman, deb bahslashdi. Xuddi shundan keyin u islomni qabul qilishga qaror qildi.

Qur’on tarjimasini o‘qib chiqib hayratda qoldim: unda mening barcha savollarimga javoblar bor edi! Kitob men bilan gaplashayotgandek tuyuldi. Xuddi men uchun yozilgandek. Men tushuna olmagan hamma narsa sodda va aniq tushuntirilgan edi", deydi aktyor.

Ikki oydan keyin u musulmon bo‘ldi. Sergeyning so‘zlariga ko‘ra, uning hayoti juda o‘zgargan, u ilgari faqat savollar bo‘lgan narsalarga izoh-javoblarni topgan edi. “Aniq tushuncha bor: agar yomon bo‘lsa, men nima uchun yomonligini bilaman, agar u yaxshi bo‘lsa, nima uchun yaxshi ekanligini bilaman", - deb tushuntirgan Sergey.

Iymonga kelgach kinodan voz kechdi. Dastlab ochiq sahnalar bo‘lgan filmlarda rol o‘ynashga rozi bo‘lmagan aktyor keyinchalik kinodan butunlay ketishim kerak degan xulosaga kelgan.

Muxlislar doimo Sergey Romanovichning shaxsiy hayoti bilan qiziqishgan. U musulmonlikni qabul qilgan Aleksandra Golovkova bilan turmush qurgan edi. Biroq 2016 yilda ular ajrashib ketishdi.

Bir necha yil oldin, intervyusida, agar vaqt mashinasi bo‘lsa, hayotida nimani o‘zgartirishi haqida so‘ralganda, Sergey shunday javob berdi: «Men xatolarimni tuzataman, oila qurardim, farzandli bo‘lardim. Hali ham farzandlarim, oilam yo‘q».

Ikkinchi bor uylangan Sergeyning bu gaplari armon bo‘lib qolmadi. Uylanganidan so‘ng bir yil Madinai munavvarada yashagan Sergey o‘sha yerda qiz farzandlik bo‘ldi.

Madinadan so‘ng sobiq aktyor Istanbulga joylashdi, hozir u yerda ishlaydi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, reklamadan ham daromad oladi. «Hayotim yaxshi. Menga bu yerning iqlimi yoqadi. Hudud ham yaxshi. Menga bu yer Moskvadan ko‘ra ko‘proq yoqadi», - deydi Sergey.

Bu yil u xayriya ishlari bilan Afrikaga tashrif buyurdi va kasal bolalar uchun ixtisoslashtirilgan markaz ochishga qaror qildi. Bundan tashqari, u "Radikal. 165 santimetrli kurash» asarida u inson hayoti, tanlov qiyinchiliklari haqida gapiradi.

Umrim davomida nafsim bilan kurashishim kerak, oilam, farzandlarim bo‘lishi kerak. Agar mening yaqinlarim to‘g‘ri hayotga ega bo‘lsa, ularga hech narsa kerak bo‘lmaydi. Men ularga - xotinimga, bolalarimga, yaqinlarimga va do‘stlarimga yordam beraman” – deb xulosa qiladi Sergey Romanovich.

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sergey Romanovich: iymonga kelishi, kinodan ketishi va Istanbuldagi hayot haqida