
Foto: AP
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev va FSB direktori Aleksandr Bortnikov Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainaga bostirib kirish zarurligiga ishontirgan, deb yozdi The Times Rossiya hukumatidagi manbaga tayanib.
Shuningdek, Putinning urush boshlash haqidagi qaroriga Bortnikov va Patrushevdan tashqari milliarder Yuriy Kovalchuk ham ta’sir ko‘rsatgan.
The Times Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning bu qarorda qanday rol bajarganiga to‘xtalib, uni shunchaki «ikkilanib turgan» ijrochi deb nomlaydi.
Bostirib kirish tashabbusi asosan kuchishlatar blok vakillaridan chiqqan. Shu bilan birga, Rossiya elitasining aksariyat qismi Putinning so‘zlarini «blef» sifatida qabul qilib, keng ko‘lamli urush boshlash rejalaridan xabardor bo‘lmagan.
Rossiya 24 fevral kuni ertalab Ukraina shaharlarini bombardimon qilib, mamlakatga bostirib kirgan edi. Putin Rossiya aholisiga qilgan murojaatida urushni Ukrainani «denatsifikatsiya» va «demilitarizatsiya» qilish bo‘yicha «maxsus operatsiya» deb atadi.
Bahordayoq rus qo‘shinlari Kiyev, Sumi va Chernigov viloyatlarini tark etishga majbur bo‘lishdi. Sentyabr oyida Ukraina Qurolli Kuchlarining qarshi hujumi paytida ruslar Xarkiv viloyatidan chekinishdi.
Hozirda Xerson, Lugansk va Donetsk yo‘nalishlarida faol janglar davom etmoqda. Rossiya qurolli kuchlari tomonidan Belarusdan takroriy hujum qilish xavfi bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar