16:25 / 04.11.2022
2 310

Ukrainada «iflos bomba»ni tekshirish natijalari e’lon qilindi

Ukrainada «iflos bomba»ni tekshirish natijalari e’lon qilindi
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) inspektorlari Ukrainada «iflos bomba» belgilarini topmadi.

AEXA uch ob’ektga – Kiyevdagi Yadro tadqiqotlari instituti, Sharqiy kon-qayta ishlash kombinati va Janubiy mashinasozlik zavodiga mutaxassislar yubordi.

Tekshiruvga Vladimir Putin va mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Ukraina «iflos bomba» yordamida provokatsiyalar tayyorlayotgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi bayonotlari sabab bo‘ldi. Xususan, 23 oktabr kuni Sergey Shoygu bir necha davlat mudofaa vazirlariga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainaning ehtimoliy provokatsiyasi haqida ogohlantirgan. Bu haqda Rossiya matbuoti ham xabar tarqatgan.

«Iflos bomba» odatiy portlovchi qurilmadan tashkil topgan faraziy ommaviy qirg‘in quroli bo‘lib, u portlatilganda o‘z atrofida radioaktiv moddalarni tarqatadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo