Rasmiy Tehron o‘z yadroviy dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun Moskvadan yordam so‘ramoqda. Bu haqda CCN xabar berdi.
AQSH razvedka idoralarining fikricha, Tehron o‘z yadroviy dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun Moskvadan yordam so‘ramoqda. Agar jahon kuchlari bilan uzoq muddatli yadroviy kelishuv amalga oshmagan taqdirda Eronga zaxira rejasi kerak.
Eron yadroviy reaktorlarini quvvatlantirish uchun yoqilg‘iga muhtoj. Rossiyaning potensial yordami Eronning yadroviy qurol yaratish uchun «yutuq vaqti»ni yanada qisqartirishi mumkin.
Biroq, ekspertlarning ta’kidlashicha, yadroviy tarqalish xavfi yoqilg‘i qaysi reaktor uchun ishlatilishiga bog‘liq. Bundan tashqari, Rossiya yordam berishga rozi bo‘lgan-bo‘lmagani ma’lum emas.
Kreml uzoq vaqtdan beri Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga ochiqchasiga qarshi bo‘lib keladi. Ammo Tehronning taklifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik kuchayib borayotgani fonida paydo bo‘ldi. Vashingtonning da’vo qilishicha, Rossiya Erondagi norozilik harakatini bostirish bo‘yicha maslahat bergan.
Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Adrienne Watson Eron bilan kelishuv kun tartibida emasligini ta’kidladi.
«Biz hamkorlar bilan Eron va Rossiya o‘rtasidagi o‘sib borayotgan aloqalarni fosh qilish va ularni javobgarlikka tortish uchun ishlayapmiz. Yadro qurollarini tarqatmaslik maqsadlarimizga zid keladigan har qanday hamkorlikka qat’iy qarshi chiqamiz», – deydi Watson. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berdi
Ishdan olingan sobiq qo‘mondon Buyuk Britaniyaga jo‘natiladi
Tadqiqot: sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi va xavfli bo‘lishi mumkin
Avtomashinani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi avvalgi miqdorga qaytarildi
Fransiyada tayyorlangan 140 metr uzunlikdagi baget noni Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi
Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
"Borussiya D" YECHL finalida "Real"ga mag‘lub bo‘lsa, ko‘proq foyda ko‘radi...