21:30 / 05.11.2022
1 902

Bayden Ilon Maskning Twitter’ni sotib olishini qoraladi

Bayden Ilon Maskning Twitter’ni sotib olishini qoraladi
AQSH prezidenti Jo Bayden amerikalik milliarder Ilon Maskning Twitter’ni sotib olishidan xavotirda.

Hozir biz hammamizni tashvishlantirayotgan narsa: Ilon Mask butun dunyo bo‘ylab yolg‘on tarqatadigan instrumentni sotib oldi”, deya Amerika yetakchisining so‘zlarini keltiradi “Reuters”.

Mask mikrobloglar xizmatini dunyodagi eng aniq ma’lumot manbaiga aylantirish niyatida ekanligini ma’lum qilgan.

Avvalroq, tadbirkor Twitter’ni sotib olish bo‘yicha 44 milliardlik kelishuvni yopgandi. Mask qattiq senzura uchun tanqid qilingan ijtimoiy tarmoq tahririyat siyosatini liberallashtirishga hamda kontent moderatorlik kengashini tuzishga va kengash ishlamaguncha tahririyat siyosati va bloklangan akkauntlarni tiklash bo‘yicha global qarorlar qabul qilmaslikka va’da bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Ilon Maskning Twitter’ni sotib olishini qoraladi