Eron Rossiyaga dronlar yetkazib berganini tan oldi

Dunyo1 daqiqa o'qish2.3K
Eron Rossiyaga dronlar yetkazib berganini tan oldi
Foto: Getty Images
Tehron Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanishidan oldin Moskvaga cheklangan miqdordagi uchuvchisiz uchoqlarni taqdim etgan, dedi Eron tashqi ishlar vaziri. Biroq diplomat urush boshlanganidan keyin Rossiyaga ular yetkazib berilgani va raketalar topshirilganini rad etdi.

Eron hukumati ilk bor Rossiyaga uchuvchisiz uchish apparatlari yetkazib berilganini ochiq tan oldi. Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyn Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi arafasida Tehron Moskvaga cheklangan miqdordagi uchuvchisiz uchoqlarni taqdim etganini aytdi, deb xabar bermoqda IRNA Eron davlat axborot agentligi 5 noyabr, shanba kuni.

Shu bilan birga, Eron TIV rahbari urush boshlanganidan keyin uchuvchisiz uchoqlar yetkazib berilgani, shuningdek, Rossiya tomoniga raketalar topshirilganini rad etdi. Bir qator OAV xabarlariga ko‘ra, Eron Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimga rossiyaliklarni uchuvchisiz uchoqlar bilan ishlashga o‘rgatish va texnik yordam ko‘rsatish uchun harbiylarini yuborgan.

Bir necha kun avval Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbari Rossiyaning Ukraina bilan urushda Eron dronlaridan foydalangani haqidagi iddaolarni muhokama qilish uchun ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishga tayyorligini bildirgan edi.

Ukraina harbiy qo‘mondonligi va rasmiylari avvalroq Eronning bir necha yuzlab Shahed 136 kamikadze-dronlarini urib tushirganini ma’lum qilgandi. Kiyev ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya dronlardan «Geran-2» nomi ostida foydalanmoqda.

Avvalroq G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlari Germaniyaning Myunster shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda Eronni boshqa davlatlar va nodavlat tashkilotlarga uchuvchisiz uchish apparatlarini (harbiy dronlarni) yetkazib berishda ayblagandi.

G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlari bayonotida Eronning Yaqin Sharq va uning atrofidagi vaziyatni beqarorlashtirish harakatlari qoralangan.

Unda Tehronning ballistik va qanotli raketalar, shuningdek, dronlar bilan bog‘liq harakatlari qayd etilgan. Eron harbiy dronlarni boshqa davlatlarga yetkazib berishda ayblangan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?