21:20 / 06.11.2022
2 370

«Tolibon» Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzayning ukasini hibsga oldi

«Tolibon» Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzayning ukasini hibsga oldi
Hamid Karzay
Foto: Regnum

Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzayning ukasi Mahmud Karzay Kobul xalqaro aeroportida «Tolibon» tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Afghanistan International telekanaliga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

Bosh ofisi Londonda joylashgan dari tilidagi telekanalning xabariga ko‘ra, Mahmud Karzay Dubayga uchib ketmoqchi bo‘lganida hibsga olingan.

Mahmud Karzay «Tolibon»dan avvalgi hukumatda shaharsozlik vaziri lavozimida ishlagan.

«Tolibon» uning hibsga olingani haqidagi xabarga hali izoh bermadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo