
Samarqandda 10—11 noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o‘tkaziladi. Tashkilotning Xitoydagi uyg‘urlar bo‘yicha pozitsiyasi qanday? Ushbu savolga Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bog‘dod Amreyev izoh berdi.
«Turkiy davlatlar tashkilotining pozitsiyasi — unga a’zo mamlakatlarning pozitsiyasi. Biz boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaymiz.
Bu pozitsiya tashkilotlarga a’zo mamlakatlarning tashqi siyosat pozitsiyasidan kelib chiqqan. Ya’ni, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya yoki Ozarbayjon siyosati aynan shunday — boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashmaslik. Tashkilot va unga a’zo mamlakatlarning pozitsiyalari boshqa-boshqa bo‘lishi mumkin emas», — degan tashkilot bosh kotibi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar