
Foto: Qatar markaziy banki
Qatar markaziy banki Jahon chempionati o‘tkaziladigan stadionlar tasvirlangan esdalik banknotalari taqdimotini o‘tkazdi.
«Qatarda 2022 yili o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga atab esdalik pullarining chiqarilishi Yaqin Sharq va arab dunyosidagi birinchi ushbu tarixiy voqea muvaffaqiyatiga bank sohasi ham muhim hissa qo‘shganini anglatadi», — dedi Qatar markaziy banki rahbari Bandar bin Saud al-Taniy.
Esdalik pullarida mamlakat madaniy merosi ham aksini topgan. Xususan, banknotalarda Qatar milliy gerbi, YUNЕSKO madaniy merosiga kiritilgan Zubar forti, Doha markazidagi osmono‘par binolar tasvirlangan.
Esdalik pullari Qatar tarixida birinchi marta polimer ashyolardan tayyorlandi. Ularni mamlakat banklari va pul ayirboshlash shoxobchalarida xarid qilish mumkin.
Qatardagi JCH-2022 o‘yinlari 20 noyabrdan 18 dekabrgacha 5 shahardagi 8 ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar