18:05 / 10.11.2022
2 848

Urushning 259-kuni: Xersonga yurish qilayotgan ukrain harbiylari, Zelenskiyga «berilgan» «Oskar» (foto)

Urushning 259-kuni: Xersonga yurish qilayotgan ukrain harbiylari, Zelenskiyga «berilgan» «Oskar» (foto)
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu qo‘shinlarni Xersondan olib chiqishga buyruq berdi, harbiy qismlar Dneprning chap qirg‘og‘iga o‘tkaziladi. Biroq Ukraina Rossiya Xersonni jangsiz tark etishiga ishonmayapti. Chekinish haqidagi buyruqdan bir necha soat oldin Xerson viloyatining okkupatsion hukumati viloyatning Rossiyaga qo‘shib olingan qismi ma’muriyati boshlig‘i o‘rinbosari Kirill Stremousov avariya oqibatida vafot etganini ma’lum qilgan.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremlning «tajribalarini» mahalliy OAV vakillari bilan bo‘lishish uchun anneksiya qilingan Luganskga tashrif buyurdi.

Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar uchun beshta shartni ilgari surdi: ular orasida urushda yetkazilgan barcha zararni qoplash va bosqin takrorlanmasligiga kafolat berish bor. Amma bu safar Ukraina prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borish mumkin emasligini eslatmadi. Meduza urushning 259-kuniga oid asosiy fotosuratlarni taqdim etdi.

Ukrainlarning Xerson oblastidagi yurishi

Xersondan 175 kilometr sharqda joylashgan Ivanovka qishlog‘i atrofida vayron bo‘lgan RF armiyasi harbiy texnikasi. Ukraina qurolli kuchlari Ivanovka ozod etilgani haqida iyul oyidayoq xabar berishgandi. 9 noyabr kuni Rossiya mudofaa vazirligi Xersondagi qo‘shinlar olib ketilishini ma’lum qildi — shahar va oblastning bir qismi 2 mart kuni egallab olingan hamda sakkiz oy davomida istilo ostida bo‘ldi.
Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA


Osokorovka qishlog‘idagi egizak opa-singillar onasini quchoqlamoqda. Osokorovka Dnepr sohilida, Xersondan qariyb 160 kilometr shimoli-sharqda joylashgan va Ukraina qurolli kuchlari tomonidan aprel oyida ozod etilgandi.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA


Arxangelskoye qishlog‘idagi ustunda vayron bo‘lgan bino minalangan bo‘lishi mumkinligidan ogohlantiruvchi yozuv. Arxangelskoye oktabr oyi boshida Ukraina qo‘shinlari nazoratiga o‘tgan.
Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA


Xerson atrofidagi pozitsiyasida «Pion» zambaragi ustida dam olayotgan ukrain harbiylari.
Stanislav Kozliuk / EPA / Scanpix / LETA


«Nastyadan Xersonga» yozuvi tushirilgan ukrainlar snaryadi.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA


2S7 «Pion» o‘ziyurar artilleriya qurilmasidan o‘t ochayotgan Ukraina harbiylari.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Ujgorodda sovet davri yodgorliklari buzib tashlanishi

Ukrainaning Slovakiya bilan chegaradosh bo‘lgan shahri Ujgorodda sovet askarlariga o‘rnatilgan yodgorlik «snos» qilindi. Oblast rahbari Viktor Mikitaning aytishicha, uning o‘rnida Ukraina qahramonlari — Karpatortidagi 128-shturmchi brigada jangchilari sharafiga yodgorlik o‘rnatilishi mumkin.
Serhii Hudak / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA


Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari demontaj qilingan haykalni ko‘zdan kechirmoqda.
Serhii Hudak / Reuters / Scanpix / LETA

Shon Penn Zelenskiyga o‘z «Oskar» haykalchasini tuhfa etishi

Aktyor Shon Penn urush boshlanganidan buyon uchinchi bor Kiyevga keldi. U Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi va unga o‘z «Oskar» haykalchasini sovg‘a qildi — Penn butun faoliyati davomida ikki bor qo‘lga kiritgan — «Sirli daryo» va «Xarvi Milk» filmlaridagi rollari uchun. Aktyor sovg‘ani Ukraina g‘alabasiga umid va ishonch ramzi deb atadi. Bunga javoban Zelenskiy o‘zi filmlarda suratga tushgan paytlar «Oskar» uning orzusi bo‘lganini aytdi, shuningdek, Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlagani uchun Pennni «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirladi.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / EPA / Scanpix / LETA

Kiyevda qorong‘ilikda ishlayotgan Bessarabiya bozori

Bessarabiya bozori Kiyev markazida, shaharning asosiy ko‘chasi hisoblangan Kreshchatika ko‘chasining g‘arbiy chetida joylashgan. Ukraina poytaxtida rejali o‘chirishlar davom etmoqda. Rossiya tomonidan yoppasiga raketa zarbalari berilishi oqibatida mamlakat energetika infratuzilmalarining 40 foizi vayron qilingan yoki shikastlangan.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA


Kiyevlik qorong‘ilikda xarid qilmoqda
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA


Bessarabiya bozorida oziq-ovqat mahsulotlari bo‘limi
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo