21:50 / 10.11.2022
2 582

Barchasi qat’iy reja asosida — Rossiya Mudofaa vazirligi Xersondagi chekinish haqida

Barchasi qat’iy reja asosida — Rossiya Mudofaa vazirligi Xersondagi chekinish haqida
Foto: «Ukrainskaya Pravda»
Rossiya Mudofaa vazirligi 10 noyabrdagi kundalik brifingda Dneprning o‘ng qirg‘og‘idagi hududlardan qo‘shinlar olib chiqilishi haqida xabar berdi, deb yozadi Meduza.

- "Bo‘linmalar Dnepr daryosining chap qirg‘og‘ida tayyorlangan pozitsiyalarga tasdiqlangan reja asosida ko‘chirilmoqda", - dedi Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov.

Brifing chog‘ida Rossiya qo‘shinlari Xerson viloyatining janubi-g‘arbiy qismidan chiqib ketishi xaritasi ham namoyish etildi, deyiladi manbada.

Ukrainaga bostirib kirishda qatnashgan rus qo‘shinlari qo‘mondoni, armiya generali Sergey Surovikin 9 noyabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguga Dneprning o‘ng qirg‘og‘ini himoya qilishga urinishlarni «umidsiz» deb hisoblashini bildirdi.

Shoygu uning taklifiga rozilik bildirib, qo‘shinlarni chap qirg‘oqqa o‘tkazishni buyurdi, bu Xersonning Ukrainaga topshirilishi va rus harbiylarining Xerson viloyati hududining muhim qismidan chiqib ketishini anglatadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo