07:00 / 11.11.2022
4 227

Podolyak: Rossiya Xersonni «o‘lim shahri»ga aylantirmoqchi

Podolyak: Rossiya Xersonni «o‘lim shahri»ga aylantirmoqchi
Foto: RIA Novosti
Rossiya harbiylari Xersondagi kvartiralar va kanalizatsiyalarni minalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ijtimoiy tarmoqda yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Xersonni «o‘lim shahri»ga aylantirmoqchi.

«Rossiya harbiylari iloji boricha hamma joyni minalashtirmoqda: kvartiralarni, kanalizatsiyani. Chap qirg‘oqdagi artilleriya shaharni xarobaga aylantirishni rejalashtirmoqda. «Rus dunyosi» shunday: ular keladi, talon-toroj qiladi, bayram qiladi, «guvohlarni» o‘ldiradi, shaharni xarobaga aylantiradi, keyin ketadi», dedi Podolyak.

9 noyabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu qo‘shinlarni Xersondan olib chiqish haqida buyruq berdi. Shu kuni Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlari qo‘mondoni Sergey Surovikin harbiylar Xersonni tark etishini e’lon qildi.

10 noyabr kuni Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Xersondan rus qo‘shinlari olib chiqilayotgani haqidagi ma’lumotni inkor etolmasligi yoki tasdiqlay olmasligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo