date
views 3 395

Eron terma jamoasi afsonasi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Eron terma jamoasi afsonasi o‘lim jazosiga hukm qilindi
Eron terma jamoasi sobiq futbolchisi Ali Dai o‘lim jazosiga hukm qilindi. "Report" nashrining xabar berishicha, sobiq futbolchi Mahsa Amini o‘ldirilishidan keyin o‘tkazilgan namoyishlarda ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Oktabr oyi boshida u Sakkez shahrida uyushtirilgan aksiyada ishtirok etgani uchun qo‘lga olinib, shundan so‘ng qamoqqa tashlangan edi.

Germaniyaning "Bavariya" futbol klubi o‘zining rasmiy saytida sobiq futbolchilari Ali Dai va Ali Karimiyning taqdiridan xavotir bildirib, "Biz bu masalani diqqat markazida ushlab turish uchun Germaniyaning Erondagi elchixonasi bilan bog‘lanib, qo‘llab-quvvatlashga tayyorligimizni ma’lum qildik”, — deb bayonot berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron terma jamoasi afsonasi o‘lim jazosiga hukm qilindi