12:57 / 11.11.2022
1 268

Eron o‘zining birinchi gipertovushli ballistik raketasini ishlab chiqdi

Eron o‘zining birinchi gipertovushli ballistik raketasini ishlab chiqdi
Foto: TRT
Eron o‘zining birinchi gipertovushli ballistik raketasini ishlab chiqdi. Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Aerokosmik kuchlari qo‘mondoni Amirali Hojizodaga tayanib, Tasnim xabar berdi.

«Bu tizim juda yuqori tezlikka ega bo‘lib, atmosfera ichida va undan tashqarida ham manyovr qilish qobiliyatiga ega. Ushbu yangi qurilma barcha raketaga qarshi mudofaa sinov tizimlaridan o‘tadi. Menimcha, o‘nlab yillar davomida unga qarshi tura oladigan texnologiyalar mavjud bo‘lmaydi», — deydi Hojizoda.

Uning ta’kidlashicha, mazkur raketa dushmanning raketaga qarshi tizimlarini yo‘q qilish uchun yaratildi, bunday qurollarning paydo bo‘lishi raketa ishlab chiqarishda katta siljish hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2 noyabr kuni Eron hukumati Qum shahridagi «Jamkaron» masjidi gumbazi ustida qizil qasos bayrog‘ini ko‘targandi. Bundan avval AQSHning The Wall Street Journal nashri Eron yaqin orada Saudiya Arabistoni va Iroq Kurdistoniga hujum qilishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Saudiya hukumati AQSHga razvedka ma’lumotlarini taqdim qilib, Eron tomonidan hujumga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ogohlantirgan. Buning ortidan AQSH harbiy kuchlarini yuqori tayyorgarlik holatiga keltirgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo