date
views 1 488

Urushning 260-kuni: Qrimga ko‘chirilayotgan xersonliklar, kartoshka terib kun kechirayotgan donbasslik qariyalar (foto)

Urushning 260-kuni: Qrimga ko‘chirilayotgan xersonliklar, kartoshka terib kun kechirayotgan donbasslik qariyalar (foto)
10 noyabr kuni Amnesty International ukrainlarni deportatsiya va «filtratsiya» qilgan Rossiyani harbiy jinoyatlarda aybladi. Bundan biroz avvalroq Xerson oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati tinch aholini Dneprning o‘ng sohilidan ko‘chirish amaliyoti yakunlanganini ma’lum qildi. Rossiya qo‘shinlari regiondan chekinishda davom etmoqda, Ukraina qurolli kuchlari hududdagi qishloqlarni birin-ketin ozod etmoqda.

Quyida 10 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Ukraina qo‘shinlari Snegirevkaga kirdi. Mikolayiv oblasti ozod etilishi to‘liq yakunlandi

Snegirevkalik kishi velosipedda ko‘cha bo‘ylab ketmoqda. Ukraina qo‘shini ushbu posyolkani 10 noyabr kuni ozod etdi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA


Ukraina qurolli kuchlari askari va polk kapellani (ruhoniysi) ozod etilgan Snegirevkada
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA


Snegirevkada vayron bo‘lgan turar joy binosi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donbassda omon qolish uchun kurashayotgan qariyalar

Donetsk oblastining front chizig‘idagi Yampil shahri aholisi quduqdan suv chiqarmoqda. Yampil 30 sentyabr kuni ukrain harbiylari tomonidan ozod etilgan, posyolkada hamon elektr ham, ichimlik suvi ta’minoti ham yo‘q.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA


Donbassda front chizig‘i yaqinidagi Zarechnoye qishlog‘i aholisi kartoshka yig‘moqda
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA


Kartoshka terayotgan zarechnoyeliklar
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA


Xarkiv va Donetsk oblastlari chegarasida mobil aloqa tutishga urinayotgan ukrain harbiylari
Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA

Baxmutdagi harbiy hospital

Ukraina qurolli kuchlari jangchilari yarador quroldoshini Baxmutdagi hospitalga olib kelmoqda. Bir necha oydan buyon «Vagner» otryadlari shaharni egallash uchun hujum qilmoqda va shahar doimiy ravishda o‘qqa tutilmoqda.
Libkos / AP / Scanpix / LETA


Baxmutda yaralangan ukrainalik harbiy
Libkos / AP / Scanpix / LETA


Ukraina armiyasining yaralangan askariga Baxmutdagi hospitalda birinchi yordam ko‘rsatilmoqda.
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Xerson aholisi Qrimga olib ketilishi

Xerson oblastidan bo‘lgan bola aholini Qrimdagi Janko‘y shahriga olib ketayotgan avtobus oynasidan qaramoqda. Dneprning o‘ng sohilidagi (Xerson ham shu tomonda) aholi oblastning Rossiya nazorati ostidagi boshqa qismiga «evakuatsiya» qilinishi haqida oktabr oyi o‘rtalarida e’lon qilingandi. Foto: Alexey Pavlishak / Reuters / Scanpix / LETA

Xerson oblasti aholisi avtobuslarda Janko‘yga ketishga tayyorlanmoqda. 8 noyabr kuni Xerson oblastining qo‘g‘irchoq hukumati rahbari sobiq o‘rinbosari Kirill Stremousov (u keyingi kuni YTH oqibatida halok bo‘ldi) «yoppasiga evakuatsiya» yakunlangani haqida xabar qilgandi.
Alexey Pavlishak / Reuters / Scanpix / LETA


Xerson oblasti aholisi Janko‘yga olib ketilishi. Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyat «evakuatsiya» qilingan aholi sonini oktabr oyi oxirida e’lon qilgandi, ularning versiyasiga ko‘ra Dneprning o‘ng sohilini 80 mingga yaqin kishi tark etgan.
Alexey Pavlishak / Reuters / Scanpix / LETA
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urushning 260-kuni: Qrimga ko‘chirilayotgan xersonliklar, kartoshka terib kun kechirayotgan donbasslik qariyalar (foto)
-->