
Kreml veb-saytidagi rasmiy xaritada yangi bosib olingan hududlar — Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari yo‘q. Hukumat va Federatsiya Kengashining rasmiy veb-saytlaridagi xaritalarga ham ular qo‘shilmagan.
Bunga «Agentstvo» nashri e’tibor qaratdi va 2014 yilda Qrimni qo‘shib olish haqidagi barcha hujjatlar imzolanganidan keyin 3 kun o‘tgach, hudud rasmiy xaritalarga kiritilganini eslatdi.

Bosib olingan hudularda o‘tkazilgan «referendum»lardan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin ularni qo‘shib olish haqidagi qarorni imzolagan edi. Ammo hozirgi vaqtda ularning bir qismi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan ozod qilingan. Xususan, 11 noyabr kuni Ukraina harbiylari Rossiya hozirda o‘z hududi deb hisoblaydigan Xersonga kirib borgan.
«Agentstvo» hisob-kitobiga ko‘ra, rossiyalik harbiylar Dneprning o‘ng qirg‘og‘idan chekinganidan so‘ng, Rossiya 4,9 ming kvadrat kilometr hudud ustidan nazoratni yo‘qotgan. Xerson viloyatining bosqinchi «hokimiyati» ma’muriy markazni Genicheskka ko‘chirishga majbur bo‘lgan. Bu shaharcha Xersondan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar