Rossiya qo‘shib olgan Zaporojye viloyatidan aholini evakuatsiya qilish haqidagi mish-mishlar rad etildi

Rossiya qo‘shib olgan Zaporojye viloyatidan aholini evakuatsiya qilish haqidagi mish-mishlar rad etildi
Zaporojye viloyatining anneksiya qilingan qismidagi Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyat vakillari rus qo‘shinlarining qo‘shni Xersondan olib chiqilishi fonida Zaporojye aholisini ham evakuatsiya qilish rejalashtirilmayotganini ma’lum qildi.

«Aholini evakuatsiya qilish rejalashtirilmagan, chunki bunga hech qanday sabab yo‘q. Bizning chegaralarimiz ishonchli himoyalangan», — deb yozdi Zaporojye rahbari vazifasini bajaruvchi Yevgeniy Balitskiy Telegram’dagi kanalida. «Men Zaporojye viloyati aholisini feyk xabarlarga ishonmaslik, vahima berilmaslik va xotirjamlikni saqlashga chaqiraman».

U qo‘shni Xersondan Rossiya qo‘shinlarining chekinishini quyidagicha izohladi:

Bir narsani tushunishingiz kerak, Xerson viloyatining o‘ng qirg‘og‘i aholisini evakuatsiya qilish, shu jumladan, madaniy meros ob’yektlari va fondlarini ko‘chirish rejaga muvofiq amalga oshirildi. Bu tinch aholi va madaniy meros ob’yektlariga zarar yetkazmasdan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan keng ko‘lamli operatsiya uchun majburiy strategik qadamlar bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar