17:09 / 14.11.2022
1 032

Zelenskiy Rossiyani Xersondagi yuzlab harbiy jinoyatlarda aybladi

Zelenskiy Rossiyani Xersondagi yuzlab harbiy jinoyatlarda aybladi
Vladimir Zelenskiy Rossiya armiyasini Xersonni bosib olish vaqtida 400 dan ortiq harbiy jinoyat sodir etganlikda aybladi.

Avvalroq Ukraina prezidenti chekinayotgan qo‘shinlar asosiy infratuzilmani vayron qilgani, natijada shaharda suv, dori-darmon va non yetishmasligi sababli og‘ir gumanitar vaziyat yuzaga kelganini aytgandi.

Rasmiylar Xersonning energiya tizimini imkon qadar tezroq tiklashga va’da berishdi, qolgan hamma narsa, Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, vaqt talab etadi.

Tergovchilar allaqachon 400 dan ortiq Rossiya harbiy jinoyatlarini hujjatlashtirib, tinch aholi va askarlarning jasadlarini topishdi. Xerson viloyatida rus armiyasi mamlakatimizning boshqa hududlaridagi kabi vahshiyliklarni ortda qoldirib, u yerga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Biz har bir qotilni topib, javobgarlikka tortamiz”, degan Ukraina prezidenti.

Bosqinchi qo‘shinlar olib chiqib ketilganidan mahalliy aholi yengillashganiga qaramay, rus armiyasi Xerson viloyati hududining qariyb 70 foizini hamon nazorat qilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo