
Kadr: YouTube
Ukrainaning Kiyev shahri, Sum, Cherkass, Odessa, Lvov, Volin, Jitomir va Xarkov viloyatlariga raketa zarbalari berilmoqda. Bu haqda Meduza nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shahar va viloyatda portlash ovozlari eshitilmoqda. Kiyev meri Vitaliy Klichko raketalar Pecherskiy tumanidagi ikkita turar-joy binosiga tushganini tasdiqlagan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, besh qavatli binoda yong‘in chiqqan. Kiyev shahar harbiy boshqarmasi shahar uzra to‘rtta raketa urib tushirilganini ma’lum qildi. Aholi boshpanalarda qolishga chaqirilgan.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) November 15, 2022
Kiyev viloyati ma’muriyati rahbari Oleksey Kuleba havo hujumidan mudofaa tizimi mintaqada bir nechta raketalarni urib tushirganini ta’kidladi. Ukraina telegram-kanallari Poltava, Cherkass va Zaporoje viloyatlari ustidan raketalar uchayotgani haqida yozmoqda. Butun Ukraina bo‘ylab havo hujumidan ogohlantirish tizimi ishga tushgan. Bu Kiyevning ikki hafta ichida birinchi marta o‘qqa tutilishi hisoblanadi.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) November 15, 2022
Ta’kidlanishicha, Lvov va Jitomirning bir qismi elektrsiz qoldi, Xarkovda metro vaqtinchalik to‘xtatildi, shaharning bir qancha tumanlarida esa elektr energiyasi uzildi, Kiyev shahrida ham favqulodda elektr uzatish to‘xtadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar