10:51 / 16.11.2022
1 226

Ukrainaga uchirilgan raketalarning ikkitasi Polshaga tushdi

Ukrainaga uchirilgan raketalarning ikkitasi Polshaga tushdi
Foto: Polsat News
Ukrainaga 15 noyabr kuni uchirilgan raketalarning ikkitasi Polsha hududiga tushdi. Bu haqda Polsat News xabar berdi.

Ayrim manbalarga ko‘ra, raketalar Ukraina havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan. Snaryadlar Pshevodov qishlog‘idagi don quritadigan moslamaning ichiga tushgan, hodisada ikki kishi halok bo‘ldi. Voqea joyiga politsiya, prokuratura va harbiylar jalb qilindi.

Polsha bosh vaziri Mateush Moravetski shoshilinch ravishda Vazirlar Kengashining Milliy xavfsizlik va mudofaa qo‘mitasini chaqirdi. Yig‘ilish o‘tkazish sabablari esa oshkor etilmadi. Polsha harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlarini Tomashuv Lubelsk aerodromidan havoga ko‘tarildi.

Pshevodov Ukraina bilan chegaradan 8 kilometr uzoqlikda joylashgan. Polsha NATO a’zosi, bu hodisa mamlakatga hujum sifatida baholanadimi yoki yo‘qmi hali aniq emas. NATO rahbariyati Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda o‘z askarlaridan foydalanmoqchi emasligini bir necha bor ta’kidlagandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo