14:37 / 17.11.2022
967

Qozog‘istonda 14 ta yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi

Qozog‘istonda 14 ta yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi
Bugun erta tongda Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati yaqinida Qarabas o‘tkazish yo‘lida 14 ta yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi. Bu haqda NUR.KZ xabar berdi.

«17 noyabr kuni soat 06:15 da Qarag‘anda viloyatining Qarag‘anda-Sortirovochnaya-Akadir uchastkasining Qarabas – OP 767 yo‘lida 14 ta yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q», – deyiladi xabarda.

Mazkur uchastkada yo‘lovchi va yuk poyezdlarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, relsdan chiqib ketish xususiy mulkdorlarga tegishli vagonlarning nosozligi tufayli sodir bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo