10:00 / 18.11.2022
1 361

Afg‘oniston sobiq hukumati qulashiga sabab bo‘lgan omillar sanaldi

Afg‘oniston sobiq hukumati qulashiga sabab bo‘lgan omillar sanaldi
Foto: Reuters
Afg‘onistonni qayta tiklash bo‘yicha bosh inspektori (SIGAR) hisobotida mamlakatning sobiq prezidenti Ashraf G‘anining korrupsiyasi va avtokratiyasi tizimning qulashiga sabab bo‘lgani keltirib o‘tildi. Bu haqda Aamaj news xabar berdi.

Tizimning qulashida G‘anining o‘ziga sodiq doiralar bilan hukumatni boshqargani ham sabab qilib ko‘rsatildi.

«Afg‘on siyosatchilarining AQSH mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqishga ishonchsizligi sobiq tuzumning qulashiga sabab bo‘lgan yana bir omildir», deyiladi hisobotda.

Ta’kidlanishicha, Ashraf G‘ani hukumati AQSHning Afg‘onistondan chiqib ketish rejalarini tan olmaydi. Sobiq hukumat o‘zining zaif pozitsiyasiga qaramay, «Tolibon»ning respublikada integratsiyalashuviga intildi.

SIGAR xulosasiga ko‘ra, AQSH va «Tolibon» o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar Afg‘oniston hukumatini chetga surgan, hukumatining tinchlik muzokaralaridagi pozitsiyasini zaiflashtirgan. «Tolibon» harakatiniki esa mustahkamlagan. AQSH bilan imzolangan Doha bitimi esa «Tolibon»ga kuch bergan. Buning ortidan «Tolibon» Afg‘oniston hukumatini jang maydonida mag‘lub etishga ko‘proq e’tibor qaratgan.

Avgust oyida Afg‘oniston sobiq prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatdan qochib ketishi sabablarini aytgandi. U hali ham Afg‘oniston prezidenti ekanini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo