13:06 / 18.11.2022
1 473

O‘n milliondan ortiq ukrainalik elektrsiz qoldi

O‘n milliondan ortiq ukrainalik elektr ta’minotisiz qoldi.
O‘n milliondan ortiq ukrainalik elektrsiz qoldi
Qayd etilishicha, Rossiya Ukrainaning eng muhim infratuzilma obyektlariga ommaviy zarbalar berishda davom etmoqda. Rasmiylar o‘qqa tutishlar ortidan mamlakat energetika tizimi misli ko‘rilmagan zarar ko‘rayotganini ta’kidlashmoqda.

Jumladan, joriy yil 15 noyabrdagi portlashlardan so‘ng payshanba kuni aholining deyarli uchdan bir qismi elektr energiyasiz qolgan.

Ukrainaga navbatdagi raketa hujumi oqibatlarini bartaraf etish kun bo‘yi davom etmoqda. Rejaga qo‘shimcha ravishda yana favqulodda elektr uzilishlari yuz berdi. Ayni paytda 10 milliondan ortiq ukrainaliklar elektr energiyasiz qolmoqda, – deydi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.

Ta’kidlanishicha, vaziyat qishning kelishi bilan og‘irlashdi – bir kun avval Kiyev va Ukrainaning boshqa hududlarida birinchi qor yog‘di.

Vaziyat, ayniqsa Xarkov, Jitomir, Lvov va Kiyev viloyatlarida og‘irroq. Qator shaharlarda turar-joy binolarida issiqlik ta’minoti to‘xtab qolgan.

Prezident, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab aloqa va internet bilan bog‘liq muammolar mavjudligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘n milliondan ortiq ukrainalik elektrsiz qoldi