
Yevroparlament Rossiya Federatsiyasini terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasi matnini kelishib oldi. Bu haqda Yevroparlament deputati Andrius Kubilius Twitter sahifasida ma’lum qildi.
«Yevropa parlamenti siyosiy guruhlari o‘rtasida to‘rt soat davom etgan muzokaralardan so‘ng matn bo‘yicha kelishuvga erishildi», – deb yozadi u.
Kubiliusning ta’kidlashicha, rezolyutsiya loyihasining asosiy nuqtasi: «Yevropa parlamenti... Rossiyani terrorizmning homiysi va terrorchilik vositalaridan foydalanadigan davlat sifatida tan oladi», degan mazmundagi band hisoblanadi.
Yevroparlament matbuot kotibi Delfin Kolardning qaydicha, rezolyutsiya loyihasini 23 noyabr kuni Strasburgda bo‘lib o‘tadigan sessiyada ovozga qo‘yish rejalashtirilyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar