
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga yetib bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbarini Fransiya yuqori martabali rasmiy shaxslari kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, faol gumanitar va ta’lim almashinuvlarini davom ettirish masalalari o‘rin olgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Tashrif kunlari Fransiya poytaxtidagi jahonga mashhur Luvr muzeyi va nufuzli Arab dunyosi institutida O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» va «Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘’jizalari» noyob ko‘rgazmalar ochiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbarining Fransiyaga rasmiy tashrifi davomida ta’lim, ilm-fan, madaniy meros, fuqaro aviatsiyasi, davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurashish sohalarida hamkorlikka oid 14 ta hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar