11:11 / 22.11.2022
1 004

CNN: Eron va Rossiya harbiy dron ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi

CNN: Eron va Rossiya harbiy dron ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Rossiya va Eron o‘rtasida Eron chizmalari va butlovchi qismlardan foydalangan holda Rossiya Federatsiyasi hududida hujumchi dronlarni ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Kelishuv tafsilotlarini CNN AQSH razvedkasi ma’lumotlariga tayanib ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv noyabr oyi boshida imzolangan va hozirda Eron Rossiyaga jangovar uchuvchisiz uchuvchi samolyotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan qismlar va sxemalarni topshirishni boshlaydi. Manbaga ko‘ra, ishlab chiqarish bir necha oy ichida boshlanishi mumkin, gap minglab dronlar haqida ketmoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, dronlarni Eronga topshirish o‘rniga, Rossiyada ishlab chiqarish to‘g‘risida qaror matbuot tomonidan dronlar va qisqa masofaga uchuvchi yer-yer raketalari yetkazib berilgani haqidagi ma’lumotlardan so‘ng qabul qilingan. Bundan tashqari, zarba beruvchi dronlarni ishlab chiqarish jarayoni boshqa qurollarga nisbatan sodda, deya qo‘shimcha qildi CNN manbasi.

Bu harakat Ukraina va uning G‘arb ittifoqchilari, jumladan AQSHning jiddiy g‘azabini keltirib chiqarishi mumkinligi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo