
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘z qizi bilan ikkinchi bor ommaga ko‘rinish berdi. Surat Koreya markaziy axborot agentligi tomonidan chop etilgan.
Shimoliy Koreya rahbari va uning qizi «Xvason-17» ballistik raketasini yaratish, yig‘ish va uchirishga mas’ul bo‘lgan KXDR harbiy-sanoat majmuasi ishchilari bilan birgalikda fotosessiya o‘tkazgan.

Bu Kim Chen In qizining omma oldida ikkinchi chiqishi - Shimoliy Koreyadagi boshqa ommaviy axborot vositalari hozircha uning ismini aytmagan, biroq Janubiy Koreyada jurnalistlarning fikricha, qizning ismi Kim Jou Ye, u to‘qqiz yoshda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq shimolliklar liderining qizi yangi qit’alararo raketa namoyishi chog‘ida birinchi marta omma oldida paydo bo‘lgandi.
Ular bilan birga mashg‘ulotlarda oilaning boshqa a’zolari – Kim Chen Inning rafiqasi va singlisi ham ishtirok etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar