1 105
Erdo‘g‘on Kizilelma qiruvchi dronlarini ishlab chiqarish qachon yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi

Turkiyada Bayraktar Kizilelma dronlarini ishlab chiqarish 2023 yil oxirigacha yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi.
«Mamlakatimizda Kizilelma qiruvchi dronlarining seriyali ishlab chiqarilishi 2023 yil oxiriga qadar yo‘lga qo‘yiladi», — dedi Erdo‘g‘on Adolat va taraqqiyot partiyasi yig‘ilishida.
Baykar Technologies YouTube kanaliga Kizilelma dronining sinovi aks etgan video joylangan.
Turkiyada reaktiv dvigatelli Bayraktar Kizilelma droni 2022 yilning avgust oyida taqdim etilgandi. Uning yaratuvchilari dron uchish-qo‘nish yo‘lagi qisqa bo‘lgan kemalardan ucha olishi, shuningdek, tovushdan tez harakatlanishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Avgust oyida Baykar Ukrainada o‘z bo‘limini yaratdi va mamlakatda zavod qurishga tayyorgarlik ko‘rayotganini e’lon qildi. U yerda Bayraktar Aknc baland va uzoq masofaga uchuvchi dronlar yig‘ilishi kutilmoqda. Kompaniya rahbari Haluk Bayraktar zavod qurilishi 2024 yilgacha yakunlanishi kerakligini aytgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar