16:16 / 28.11.2022
1 113

Ukraina: Rossiyada «yashirin safarbarlik» tayyorlanmoqda

Ukraina: Rossiyada «yashirin safarbarlik» tayyorlanmoqda
Foto: RIA Novosti
Rossiyada va Ukrainaning bosib olingan hududlarida «yashirin safarbarlik»ning yangi to‘lqini tayyorlanmoqda. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining tezkor xulosasida aytilgan.

Xabarda aytilishicha, 10 dekabrdan zaxiradagilarni chaqirishga tayyorgarlik ishlari boshlanadi.

Bundan oldin Rossiya kuch tuzilmalari 2023 yil bahoriga qadar Ukrainaga qarshi urushga safarbar qilinganlar orasida halok bo‘lganlar va yaradorlar soni 100 ming kishiga yetishi mumkinligini taxmin qilayotgani xabar berilgandi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Bosh shtabi va Federal xavfsizlik xizmati ("FXX") doiralarining bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikki manbasiga tayanib, "Vajnie istorii" surishtiruv nashri xabar berdi.

"Umuman olganda, reja shunday: hozircha vaqtdan yutish va safarbar qilinganlar yordamida frontni barqarorlashtirish kerak. Keyin bahorda hammasini qaytadan boshlash kutilyapti", - deya "FXX"ga yaqin manbadan iqtibos keltiradi nashr.

Shuningdek, u Rossiya Federatsiyasining siyosiy va harbiy rahbariyati katta yo‘qotishlarga tayyor ekanini aytdi: "Kelgusi yilning bahoriga kelib halok bo‘lganlar va yaradorlar soni 100 mingga yaqin bo‘lishi mumkin. Lekin bu hech kimni qo‘rqitmayapti: ular muddatli harbiy xizmatchilar bilan almashtiriladi".

Rossiyaning Ukrainadagi janglardagi yo‘qotishlari 100 mingga yaqin safarbar qilingan harbiylarni tashkil etishi haqidagi prognozni Bosh shtabga yaqin bo‘lgan "Vajnie istorii" manbasi ham aytdi. "Hozirgi vazifa - frontni mustahkamlash va himoya qilish".

"Odamlar yo‘qligi sababli ba’zan ikkinchi mudofaa chizig‘ida umuman hech kim yo‘q edi. Ba’zi joylarda 20 kilometrgacha bo‘lgan oraliqlar bo‘sh edi. Hozir bu joylar safarbar qilinganlar bilan to‘ldirilmoqda", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi nashr muallifi Roman Anin.

Ushbu manbaga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin "shuning uchun ham qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni bekor qilmayapti": Ukrainadagi yo‘qotishlarni 2023 yil bahoriga qadar tayyorlanishi rejalashtirilgan 120 ming chaqiriluvchi hisobidan qoplash.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo