06:30 / 30.11.2022
1 317

AQSHni sivilizatsiyalashgan dunyodan yakkalash kerak – rossiyalik deputat

AQSHni sivilizatsiyalashgan dunyodan yakkalash kerak – rossiyalik deputat
AQSH sivilizatsiyalashgan dunyodan izolyatsiya qilinishi kerak. Bu haqda Rossiya Davlat dumasining Qrim viloyati deputati Mixail Sheremet RIA Novostiga ma’lum qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari bugun sayyoramizdagi betartiblik va adovatning asosiy manbaiga aylandi. Ular aralashgan har yerda g‘alayonlar va urushlar bo‘lmoqda. Amerika agressiyasining diktatorligiga chek qo‘yish vaqti keldi. Butun sivilizatsiyalashgan dunyo yig‘ilishi va Amerika Qo‘shma Shtatlarini sog‘lom fikrli siyosatchilar hokimiyat tepasiga kelguniga qadar yakkalash kerak. Aks holda, sayyoramizdagi hayot doimo tahdid ostida bo‘ladi”, - dedi Sheremet.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika hukumati butun dunyo bo‘ylab boshlangan o‘nlab harbiy mojarolar uchun javob berishi kerak.

Zudlik bilan maqsadi AQSH ishtirok etgan barcha jinoyatlar bo‘yicha jamoatchilik tekshiruvini o‘tkazishdan iborat xalqaro guruh tuzish kerak”, - dedi deputat.

Sheremetning fikricha, butun dunyo davlatlari birlashishi va amerikaliklarning o‘z rejasini amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymasliklari shart. Amerikaliklarning rejasiga ko‘ra "dunyoda "oltin milliard" deb ataluvchi bir milliard aholi qolishi kerak".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHni sivilizatsiyalashgan dunyodan yakkalash kerak – rossiyalik deputat