
Foto: Sputnik
Armanistonda bortida Rossiya fuqarolari bo‘lgan B55 xususiy samolyoti qulab tushdi. Bu haqda Armenpress xabar berdi.
Hodisa 1 dekabr, mahalliy vaqt bilan soat 14:20 da Jrabet qishlog‘ida yuz bergan. Samolyot ikki dvigatelli bo‘lib, Yerevandan Astraxanga uchayotgan bo‘lgan. Voqea joyiga ixtisoslashgan xizmatlar jo‘nab ketgan va ikkita kuygan jasadni aniqlagan. Marhumlar 1979 va 1983 yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarolari bo‘lgan.

Foto: Armenpress
Rossiya manbalari samolyot qulaganidan keyin yonib ketganini ma’lum qildi. Aviatexnika ochiq maydonga qulagan, shuning uchun infratuzilma obyektlariga zarar yetmagan, halokat joyida boshqa qurbonlar aniqlanmagan.

Foto: Armenpress
Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kuni Tanzaniyadagi Viktoriya ko‘liga yo‘lovchi samolyoti qulab tushgandi. Bortda jami 53 kishi — 49 yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Halokatga mintaqadagi yomg‘irli yomon ob-havo sabab bo‘lgan. Qurbonlar qayd etilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar