date
views 1 359

Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini qabul qilib oldi

Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini qabul qilib oldi
Edvard Snouden
Foto: Global Look Press

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi va Milliy xavfsizlik agentligi Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini qabul qilib oldi. Bu haqda uning advokati Anatoliy Kucherena ma’lum qildi.

Snoudenning rafiqasi esa ayni paytda pasport uchun ariza berish bosqichida, dedi advokat.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik Edvard Snoudenga Rossiya fuqaroligini taqdim etish haqidagi farmonni 26 sentyabrda imzolagan edi.

Prezident vakili Dmitriy Peskov bu Snoudenning o‘z iltimosi bilan amalga oshirilganini, u 2020 yil noyabridayoq fuqarolik olish uchun ariza berganini aytgandi.

AQSH Davlat departamenti vakili Ned Prays Vashingtonning Snoudenga nisbatan pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolganini aytib, endi u qisman safarbarlik doirasida Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashishga jalb etilishi mumkinligini qayd etgandi.

Biroq uning advokati Snouden Rossiya armiyasida xizmat qilmagani, harbiy xizmat bo‘yicha amaliyot va tajribaga ega bo‘lmagani sababli, u safarbarlikka jalb etilmasligini ma’lum qilgandi.

Snouden Amerika Markaziy razvedka boshqarmasi va Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi bo‘lib, 2013 yilda AQSH maxsus xizmatlarining fuqarolarni kuzatish usullarini fosh qilgan va dunyo yetakchilari telefonlari tinglanishi haqida aytib bergan edi. AQSHda u josuslikda va davlat mulkini o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda. U maxfiy ma’lumotlarni fosh qilgani uchun 30 yilga qamalishi mumkin.

Snouden dastlab Gonkongga, so‘ng Rossiyaga qochgan. «Sheremetevo» aeroportining tranzit zonasida bir oydan ko‘p vaqt yashagan. So‘ng Snoudenga Rossiyada vaqtinchalik boshpana taqdim etilgan. 2020 yilda u ushbu mamlakatda muddatsiz yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘ldi va Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini qabul qilib oldi