08:27 / 03.12.2022
1 770

Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi

Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi
Foto: Delfi
Rossiya harbiylari o‘q-dorilar taqchilligi va Ukraina Qurolli kuchlarining logistika bo‘yicha zarbalari tufayli keng ko‘lamdagi hujumlarni amalga oshira olmaydi. Buyuk Britaniya razvedkasi bu boradagi tegishli hisobotni e’lon qildi.

Hisobotga ko‘ra, rus harbiylarining Xersondan chekinishi Ukraina kuchlariga Rossiyaning qo‘shimcha logistika markazlari va kommunikatsiyalariga zarba berish imkonini berdi.

«Bu tahdid ruslarni yuklarini, shu jumladan, temir yo‘l postlarini janubga va sharqqa ko‘chirishga undagan bo‘lishi mumkin», — deydi razvedka.

Shu bilan birga, Rossiya logistika bo‘limlari temir yo‘ldan avtomobil transportiga yuklash va tushirishni amalga oshirishi kerak. Biroq ushbu transport Rossiyaning oldindagi mudofaa pozitsiyalariga olib borilganda Ukraina artilleriyasiga nisbatan zaif bo‘ladi.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiyada o‘q-dorilar taqchilligi ushbu logistika muammolari bilan kuchaygan deb hisoblaydi.

«Bu hozirgi vaqtda Rossiyaning samarali keng ko‘lamli quruqlikdagi hujum operatsiyalarini qayta tiklash salohiyatini cheklovchi asosiy omillardan biri», deyilgan hisobotda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil oktabr oyidan beri Rossiya Ukrainaning tarqatish tarmog‘iga asosan qanotli raketalar bilan bir necha bor hujum qilgan. Britaniya razvedkasiga ko‘ra, tinch aholi manzillariga zarbalar berish Moskva harbiy doktrinasining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi