13:16 / 04.12.2022
1 256

Gretsiyaning Aleksandrupolis shahrida NATO zirhli mashinalari ortilgan poyezd relsdan chiqib ketdi

Gretsiyaning Aleksandrupolis shahrida NATO zirhli mashinalari ortilgan poyezd relsdan chiqib ketdi
Gretsiya shimolidagi Aleksandrupolis porti yaqinida AQSH armiyasining harbiy texnikasi ortilgan poyezd relsdan chiqib ketdi. Bu haqda 902.gr portali xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, voqea shahar portidan tashqarida, Fransiya vokzalining hududida sodir bo‘lgan. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, poyezdni relsga qaytarish uchun voqea joyiga kranlar va boshqa texnikalar, shuningdek, politsiya kuchlari yetib kelgan.

Gap portda AQSH harbiylari uchun tushirilgan va NATO chegarasi tomon yaqindagina yo‘l olgan tanklar, zirhli texnikalar va konteynerlar haqida ketmoqda”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, AQSH rasmiylarining bayonotlariga ko‘ra, Aleksandrupolis porti Ukrainaga qurol olib o‘tishda foydalanilgan.

Avvalroq Financial Times Ukrainaga yordam berayotgan G‘arb davlatlari orasida zaxiralar tugashi fonida qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirish, jumladan, Xitoy kabi davlatlarga o‘z mudofaasi uchun yetarlicha qurol ishlab chiqarish qobiliyatini ko‘rsatish zaruratidan xavotir kuchayayotganini yozgan edi.

Bungacha AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi mojaroning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikni istashini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo