
AQSHning Eron bo‘yicha maxsus vakili Robert Melli Vashington Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishishda diplomatik yo‘llarni afzal ko‘rsada, Islom Respublikasiga qarshi harbiy kuch ishlatishni istisno qilmadi.
Melli La Repubblica nashriga bergan intervyusida shunday degan: «Biz buni [harbiy yechimni] xohlamaymiz, bu bizning yo‘limiz emas, AQSH prezidenti Jo Bayden buni xohlamaydi. Ammo boshqa barcha variantlar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, oxirgi variant harbiylarda qoladi. Prezident buni aniq qilib: “biz Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, degan”.
Melli diplomatiya har doim afzal ekanini ta’kidladi, ammo uning iddaosicha “Eron haqiqatan ham kelishuvga qaytishni xohlayotganini ko‘rsatmayapti".
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni Erondan Rossiya Federatsiyasiga raketalarni o‘tkazish, shuningdek, Rossiyada Eron dronlarini ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumotlarga ega.
«Bu ularning Rossiya Federatsiyasini qo‘llab-quvvatlashini yanada xavfli darajaga olib chiqadi va biz buning oldini olish uchun qurol berilishiga aloqador har qanday shaxsga nisbatan sanksiyalar qo‘llash orqali javob berishga tayyormiz», — degan Melli.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar