17:51 / 07.12.2022
1 556

Jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan «Jenoa» futbolchisi 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan «Jenoa» futbolchisi 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Foto: Getty Images
«Jenoa» yarim himoyachisi Manolo Portanova 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

22 yoshli futbolchi 2021 yilning may oyida Siyena shahrida uyushtirilgan ziyofat paytida 21 yoshli talaba qizni guruh bo‘lib zo‘rlashda ishtirok etganlikda ayblanmoqda. Manolodan tashqari uning amakisi va ikki do‘sti ham ayblanuvchilar qatorida. Ular orasida 17 yoshli o‘smir ham bor.

Football Italia nashrining xabariga ko‘ra, Portanova va uning qarindoshi tezlashtirilgan sud jarayonida ishtirok etgan va Siyena sudi tomonidan 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Shuningdek, ular jabrlanuvchi va oilasiga 120 ming yevro to‘lab berishi kerak bo‘ladi.

Qayd etilishicha, ishni tezlashtirilgan holda ko‘rib chiqish jarayonida sudlanuvchi jazoni yengillashtirish va sud jarayonini qisqartirish bosqichlaridan bosh tortadi. Biroq bu Portanova aybini bo‘yniga oldi degani emas, futbolchi aybini tan olmadi va qaror ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.

Portanova so‘nggi bor Italiya B seriyasida «Chittadella»ga qarshi o‘yinda (0:1) maydonga tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan «Jenoa» futbolchisi 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi