22:30 / 07.12.2022
1 684

Amerikaliklar Ukrainaga ajratilgan pullar qayerga ishlatilganini so‘rashmoqda

Amerikaliklar Ukrainaga ajratilgan pullar qayerga ishlatilganini so‘rashmoqda
Amerika kongressvumeni Mardjori Teylor Grin Vashingtonning Ukraina uchun ajratayotgan pullarini tekshirishga chaqirmoqda. Bu haqida u Tvitter sahifasida yozib qoldirgan.

Amerika xalqi har bir sent nima uchun sarflanayotganini bilish kerak. Chunki aynan amerikaliklar mana shu pulni ishlab topish uchun mehnat qilishgan”, - deb yozadi siyosatchi.

Kongressvumen, shuningdek, AQSH “Zelenskiy bizni uchinchi jahon urushiga tortayotgan bir paytda uning qurol va pul bo‘yicha talablarini to‘xtatish kerak”ligini aytmoqda.

Avvalroq Teylor Grin Kongressdagi respublikachilar Ukrainaga yordam pullarini audit qilish borasida qonun loyihasini taqdim etganini ma’lum qilgan edi. Hujjatni uning o‘n nafar partiyadoshlari qo‘llab-quvvatlashdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo