
Foto: Reuters
Donbassdagi harbiy amaliyotlarni Rossiya emas, 2014 yilda Ukrainada hokimiyat tepasiga kelgan siyosatchilar boshlagan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zolari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
«Urushni biz emas, balki 2014 yilda, Ukrainadagi davlat to‘ntarishidan so‘ng, hukumatga kelgan ukrain siyosatchilari boshlagan. Donbassda yashovchi odamlarning irodasini so‘ndirish uchun», — deydi Rossiya prezidenti.
Shuningdek, u G‘arb o‘z hukmronligini oqlash uchun inson huquqlari doktrinasidan foydalanishini aytdi. Uning fikricha, doktrina davlatlar suverenitetini yo‘q qilish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari, Putin mamlakatning milliy manfaatlari uchun kurashish niyatini ta’kidladi. Siyosatchi bu jarayonga tinch yo‘l bilan yondashishi, biroq kerak bo‘lsa, Rossiya har qanday yo‘l tutishga majbur bo‘lishini qayd etdi.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) December 7, 2022
Putin yadro urushi ehtimoli haqida ham gapirib, mazkur tahdid kuchayotganidan ogohlantirdi.
«Rossiya hech qanday sharoitda birinchi bo‘lib yadro qurolidan foydalanmaydi, demak ikkinchi holatda ham bunga yo‘l qo‘ymaydi. Amerikaning yadro qurollari Yevropa hududida juda ko‘p miqdorda joylashgan. Biz yadro qurolimizni hech kimga bermayapmiz, lekin ittifoqchilarimizni har tomonlama himoya qilamiz. Aqldan ozganimiz yo‘q, yadro quroli nima ekanini bilamiz», — deydi Putin.
Shu bilan birga, Rossiya prezident hozirgi sharoitda qo‘shimcha safarbarlik choralari haqida gapirish ma’nosizligi, davlat va Mudofaa vazirligi uchun bunga ehtiyoj yo‘qligini aytdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar