1 481
Ukrainadagi urushning 287-kuni: Mariupol va Zaporijjyadagi vayronalar, Baxmutdagi yong‘inlar (foto)

Ukrainadagi urushning 287-kuni. Asosiy ma’lumotlar:
- Vladimir Putin safarbarlik doirasida armiyaga chaqirilgan 300 ming kishidan faqat 150 ming nafari harbiy harakatlar hududiga jo‘natilgani, shundan faqat 77 ming kishi to‘g‘ridan to‘g‘ri jangovar bo‘linmalarga biriktirilganini ma’lum qildi;
- Shuningdek, Putin urushishdan bosh tortganlar uchun hech qanday «lager» va «qamoqxona» yo‘qligi, Rossiya qo‘shinlaridagi dezertirlik holatlari ommaviy xarakterda emasligi — faqat «ayrim holatlar uchrayotgani»ni qayd etdi;
- Time jurnali Volodimir Zelenskiy va Ukraina ruhiyatini «2020 yil odami» deb topdi;
- Ukrainadagi jang maydonidan qochib kelgan va politsiyachilarga o‘t ochgan dezertir Rostov oblastida qo‘lga olingan. Bu Ufadagi IK-4 qamoqxonasi mahbusi Pavel Nikolin bo‘lib, u «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi tomonidan yollangan. U Ukrainadan 24 noyabr kuni qochib kelgan.
Okkupatsiyadagi Mariupol

«Azovstal»da 1967 yilda Ikkinchi jahon urushi frontida halok bo‘lgan ishchilar xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik bahordagi harbiy harakatlar chog‘ida o‘qqa uchragan. Rossiya-Ukraina urushi vaqtida «Azovstal» kombinati muhim ramzlardan biriga aylandi: RF armiyasi mart oyidayoq shaharning katta qismini egallab oldi, zavodda esa mahalliy aholi va Ukraina armiyasi kuchlari yashirindi. Ukrainalik harbiylar 16 mayga qadar mudofaalandi, keyin rahbariyat topshirig‘i bilan taslim bo‘lishdi, o‘shanda asir tushgan 2 mingga yaqin kishidan 215 nafari sentyabr oyida harbiy asirlar almashinuvi doirasida qaytarildi.
Sergei Ilnitsky / EPA / Scanpix / LETA

Mariupol markazidagi kafedagi odamlar. Mariupol to‘qqiz oydan buyon Rossiya okkupatsiyasi ostida qolmoqda
Sergei Ilnitsky / EPA / Scanpix / LETA

Mahalliy aholi bino ichida odamlar borligini ko‘rsatish uchun qoldirgan «Lyudi» yozuvi, lekin bino o‘qqa tutilgan. Mariupolning qonuniy meri Vadim Boychenkoning so‘zlariga ko‘ra, shaharda muhim infratuzilmalarning 90 foizi shikastlangan, o‘qqa tutish oqibatida 11 mingdan ortiq turar joy binolari vayronaga aylangan. Uning ma’lumotiga ko‘ra, shahar uchun janglar va okkupatsiya vaqtida kamida 22 ming kishi halok bo‘lgan. Foto: Sergei Ilnitsky / EPA / Scanpix / LETA

Mariupolda yashovchi 73 yoshli Nina shahardagi yerto‘lalardan birida, u bu yerda qarindoshlari va yana taxminan 75 nafar mariupolliklar bilan otishmalar vaqtida jon saqlagan. Bugungi kunda istilo ostidagi shaharda qancha odam qolgani ma’lum emas. «DXR» rasmiylarining aprel oyi oxiridagi ma’lumotlariga ko‘ra, Mariupolda 250 mingga yaqin kishi bor edi. May oyi o‘rtalarida shaharning qonuniy meri Vadim Boychenko 100 mingga yaqin raqamni aytdi. Urushga qadar shahar aholisi 450 mingdan ortiq bo‘lgan.
Sergei Ilnitsky / EPA / Scanpix / LETA

Mariupol markazidagi ibodatxona ko‘rinishi
Sergei Ilnitsky / EPA / Scanpix / LETA
Baxmutda otishmalardan keyin chiqqan yong‘in
Rossiya qo‘shini bir necha oydan buyon Baxmutni egallashga harakat qilib kelmoqda — noyabr oyi oxirida ularning yurishi kuchaydi. 7 dekabr kuni RF armiyasi tomonidan berilgan navbatdagi zarbalardan keyin ko‘p qavatli turar joy binosi yonib ketdi. Binoda ikki kishi va bir it yashayotgan bo‘lgan, ular yonayotgan bino ichidan chiqishga muvaffaq bo‘lishgan. Ukraina nashrlari yozishicha, o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga darhol yetib kelishgan va otishmalar ostida olovni o‘chirishgan.

LIBKOS / AP / Scanpix / LETA

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

LIBKOS / AP / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastidagi vayrongarchiliklar
Iyun oyi boshida Ukraina hukumati Zaporijjya oblastining 60 foiz hududi RF qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilganini xabar qilgandi. Xerson oblastidan farqli o‘laroq, Ukraina qurolli kuchlari hozircha bu hududda qarshi hujumga o‘tgani yo‘q. Rossiya qo‘shini Ukraina nazoratidagi shahar va qishloqlarni o‘qqa tutishda davom etmoqda. Xususan, 23 noyabr kuni Volnyansk shahrida, Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenkoning so‘zlariga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘lgan. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Staruxning ma’lumotiga ko‘ra, hudud so‘nggi bor 7 dekabr kuni o‘qqa tutildi.

Kupriyanovka qishlog‘i aholisi vayron bo‘lgan uylar oldidan faner listlarini olib o‘tmoqda. Kupriyanovka Zaporijjyadan 40 kilometr sharqda joylashgan, qishloq Ukraina kuchlari nazoratida qolmoqda.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Kupriyanovka aholisi vayron bo‘lgan bino ichkarisida butun qolgan mebellarni olib chiqmoqda
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Zaporijjya oblasti markazidagi turar joy binolaridan birida gilamlar bilan to‘sib qo‘yilgan derazalar
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Kupriyanovka qishlog‘i aholisi vakillari vayron bo‘lgan uydan mebelni olib chiqishmoqda
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xerson oblastidagi Potemkinskiy qishlog‘idan evakuatsiya
Ozod etilgan Xerson oblastida tinch aholining Ukrainaning boshqa xavfsiz hududlariga ko‘ngilli ravishda evakuatsiya bo‘lish jarayoni davom etmoqda. Quyidagi fotosuratlarda Dnepr daryosi deltasida, daryoning Qora dengizga quyilish joyi yaqinida joylashgan Potemkinskiy qishlog‘idagi odamlar o‘z uyini tark etish jarayoni aks etgan.

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar