
Foto: RIA Novosti
Dekabr oyi oxirida Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov xabar berdi. U do‘stona sammit «belgilangan an’anaga ko‘ra» o‘tkazilishini ta’kidladi.
Oktabr oyi o‘rtalarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamkasblarini shimoliy poytaxtga norasmiy uchrashuvga chaqirib, uni yil oxirida o‘tkazishni taklif qilgan edi.
MDH sammiti avval ham norasmiy sharoitda o‘tkazilgan. Masalan, 2022 yil oktabr oyida Sankt-Peterburgda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar