
Foto: Gruziya Davlat xavfsizlik xizmati
Gruziyaning Tbilisi shahri xalqaro aeroportida ISHID yetakchilaridan biri qo‘lga olindi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: Gruziya Davlat xavfsizlik xizmati
Yaqin Sharqda Toxosashvili Amir Iso nomi bilan mashhur bo‘lgan. U Suriya va Iroq hududida terrorchilik faoliyati va jangovar harakatlarda ishtirok etgan. «Ma’lum vaqt davomida mojaro zonasida terrorchilik tashkiloti bo‘linmalaridan biriga rahbarlik qilgan», — deyiladi xabarda.

Foto: Gruziya Davlat xavfsizlik xizmati
2019 yilda Toxosashvilining ukasi Sezar Toxosashvili terrorchilar doirasida Kiyevda hibsga olingan. Shundan so‘ng u mamlakat Bosh prokuraturasi talabiga binoan Gruziyaga ekstraditsiya qilingan. U xuddi shunday ayblovlar bilan uzoq muddatga qamalgan.
2014—2015 yillarda Pankisi darasidan yuzlab Kist chechenlari ISHID safida jang qilish uchun ketgan. Gruziyada ularga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar