date
views 2 245

Vladimir Putin: «Faqat menga ishonishingiz mumkin»

Vladimir Putin: «Faqat menga ishonishingiz mumkin»
Foto: Ntv.ru
YEOII sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Rossiya prezidenti Vladimir Putindan armiyani ta’minlash masalalarida Mudofaa vazirligi yoki front jangchilaridan qay biriga ishonish kerakligi so‘raldi. Davlat rahbari faqat o‘ziga ishonish mumkinligini aytdi.

«Hech kimga ishonolmaysiz, faqat menga ishonishingiz mumkin», dedi prezident.

Putin armiya ta’minoti masalasida Mudofaa vazirligi bilan muntazam ish olib borayotganini aytdi. Shuningdek, rossiyalik harbiylarni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolayotganini, biroq ular tobora kamayib borayotganini va eng keskinlari allaqachon hal etilganini ma’lum qildi.

Matbuot anjumanida Putin safarbarlikni qayta boshlash uchun hech qanday omillar yo‘qligi, «maxsus operatsiya odatdagidek davom etayotganini» ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi harbiy operatsiya uzoq davom etishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Putin: «Faqat menga ishonishingiz mumkin»