16:15 / 11.12.2022
1 047

Serbiya Kosovoga armiya va politsiya kuchlarini joylashtirish uchun NATOdan ruxsat so‘ramoqchi

Serbiya Kosovoga armiya va politsiya kuchlarini joylashtirish uchun NATOdan ruxsat so‘ramoqchi
Aleksandr Vuchich
Serbiya NATO tinchlikparvar kuchlaridan BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi qoidalariga muvofiq Kosovoga serb harbiylari va politsiyasini joylashtirishga ruxsat berishni so‘ramoqchi. Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Belgraddagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, uning so‘zlaridan Reuters iqtibos keltirmoqda. Serbiya prezidentining bayonoti Kosovo hukumati va serblar o‘rtasidagi mojaro bilan bog‘liq bir qator voqealardan so‘ng yangradi.

Qisman tan olingan Kosovo shimolidagi yo‘lda yuzlab etnik serblar barrikadalar o‘rnatib, Serbiya yo‘nalishidagi ikki yirik chegara o‘tkazish punkti orqali harakatlanishni to‘xtatib qo‘ygan. Ayni paytda, «Yarine» nazorat-o‘tkazish punktidagi Kosovo politsiyasi respublikaga kirishni bloklagan. Leposavichdagi (Kosovo shimolidagi shahar) barrikadalarga esa Yevropa Ittifoqi (EULEX) va NATO (KFOR) maxsus missiyasi kuchlari kelgan.

Namoyishchi serblarning AFP axborot agentligiga aytishicha, ular yaqinda Kosovo politsiyasiga uyushtirilgan hujumlarga aloqadorlikda gumonlangan asli serb sobiq politsiyachining hibsga olinishidan g‘azabda. Mahalliy matbuotning yozishicha, namoyishchilar mahbusning Kosovo poytaxti Prishtinaga yuborilishiga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lgan.

Aleksandr Vuchich Belgraddagi matbuot anjumanida KFOR qo‘mondoniga harbiy kuchlarni Kosovoga joylashtirish bo‘yicha so‘rov yubormoqchiligini ma’lum qilar ekan, bu katta ehtimol bilan rad etilishini ham ta’kidladi.

10 dekabr kuni Kosovo serblar yashaydigan tumanlarida muddatidan oldin saylovlar qoldirilganini e’lon qilgan.

Kosovoda 120 mingga yaqin serblar bor, qisman tan olingan respublikaning 1,8 millionga yaqin aholisining katta qismi etnik albanlar, deya eslatdi AFP. Shu bilan birga, Shimoliy Kosovoda (Serbiya avtonom viloyati) aholining aksariyati serblardir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Serbiya Kosovoga armiya va politsiya kuchlarini joylashtirish uchun NATOdan ruxsat so‘ramoqchi