
AQSH prezidenti ma’muriyati Germaniya hukumatini Ukrainani Leopard 2 asosiy jangovar tanklari bilan ta’minlashga chaqirdi, deb yozadi Germaniyaning Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasi o‘z manbalariga tayanib.
Nemis gazetasiiga ko‘ra, AQSH prezidentining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan oktabr oyida Germaniyani Ukrainaga Leopard 2 yetkazib berishga chaqirgan — u bu haqida kanslerning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yens Pletnerga telefon suhbat chog‘ida aytgan.
Bu masala muhokama qilinayotganini Bundestag mudofaa qo‘mitasi rahbari Mari-Agnes Strak-Zimmermann ham tasdiqladi. "Bu Vashingtonga tashrifim chog‘ida Davlat departamenti, Kongress va Senatdagi barcha nutqlarimda keltirilgan. Sheriklarimiz Germaniya o‘z majburiyatlarini bajarishini kutishmoqda. Biz tanklarga muhtoj bo‘lgan Ukrainani tashlab ketmasligimiz kerak", deb yozadi u Tvitterda.
Zamonaviy G‘arb tanklari Ukraina armiyasi orzulari ro‘yxatining eng yuqori qismida. Ularsiz, faol harbiy operatsiyalarni, jumladan, hujumlarni amalga oshirish juda qiyin.
Garchi Ukraina yaqin kunlarda Leopard 2 tanklarini qabul qilishi haqida hech qanday dalillar yo‘q bo‘lsa-da, Vashingtonning nemis tanklarini Kiyevga topshirishga chaqiruvi kutilmagan burilish bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar