21:27 / 12.12.2022
1 582

Kobulda xitoyliklar bo‘lgan mehmonxonaga hujum qilindi (video)

Kobulda xitoyliklar bo‘lgan mehmonxonaga hujum qilindi (video)
Foto: Videodan kadr
Afg‘onistonning Kobul shahridagi «Shahr-No» nomli mehmonxonaga 12 dekabr kuni hujum qilindi. Bu haqda Etilatroz xabar berdi.

«Tolibon» xavfsizlik xodimlari xitoyliklar bo‘lgan mehmonxonaga hujum uyushtirilganini tasdiqladi. Xavfsizlik kuchlari hujumni bostirish uchun hududga yetib kelgan.Voqea joyida bir necha portlashlar ham eshitilgan.

Tasvirlarda bino ichidagilar hujumdan qochish uchun derazadan sakrayotganini ko‘rish mumkin. Hodisa oqibatida necha kishi halok bo‘lgani yoki yaralangani ochiqlanmagan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum «Tolibon» jangarilarini yo‘q qilishi bilan yakunlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘onistonning Samangon viloyatidagi diniy maktabda 29 noyabr kuni portlash sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan va 23 kishi jarohatlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kobulda xitoyliklar bo‘lgan mehmonxonaga hujum qilindi (video)