16:16 / 13.12.2022
2 106

«Oila faqat bir erkak va bir ayol bilan qurilishi kerak!» – Turkiyalik deputat

«Oila faqat bir erkak va bir ayol bilan qurilishi kerak!» – Turkiyalik deputat
Kuni kecha bir guruh tashabbuskor ayollar Turkiya parlamentiga Konstitutsiyaga ayollarning hijob o‘rashiga konstitutsiyaviy kafolatlar beruvchi va nikoh bitimida tomonlarni aniq belgilovchi o‘zgarishlar bo‘yicha taklif kiritgani haqida xabar bergan edik.

Adolat va taraqqiyot partiyasining Turkiya parlamentidagi guruhi rahbari o‘rinbosari O‘zlem Zengin va bir guruh faol ayollar matbuot anjumani o‘tkazib, unda Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish takliflari borasida tushuntirish berdilar. Ularning izoh etilishicha, Turkiya bosh qomusiga taklif etilayotgan o‘zgarishlarda oila muqaddasligi tushunchasi ham o‘rin olgan.

O‘zlem Zenginning nutqidan muhim parchalar:

Taklifimizning keyingi qismi oila muassasasiga taalluqli. Oila – har bir o‘tayotgan kunda dunyoda ahamiyati borgan sari oshib borayotgan qadriyatdir. Bizning konstitutsiyamizda oila jamiyatning asosi sifatida ko‘rilib, alohida muhofaza ostiga olingan muassasadir.

Agar biror bir jamiyatni harob etishni istasangiz, oila qadriyatini yo‘q qilish kifoya qiladi. Shuning uchun biz bosh qomusimizga “oila bir erkak va bir ayol tarafidan tuziladigan huquqiy muassasa” degan normani kiritishni taklif etyapmiz. Biz parlamentda bu taklifimizga biror bir deputat qarshi chiqadi deb o‘ylamaymiz. Afsuski, bir necha yillardan beri oila qadriyatlariga zid ishlar, suiiste’mollar bor va bu holat ko‘plab insonlarni qayg‘uga tushirmoqda. Masalan, Italiyada, Polshada, Vengriyada va boshqa g‘arb davlatlarida shunday bo‘lyapti. Shu sababli biz bu taklifimizning qiymati, ahamiyati katta deb bilamiz.

Aslida bugungi kunda Turkiyaning qonunlari va xossatan oila kodeksiga binoan oilani (erkak bilan erkak yoki ayol bilan ayol emas) faqat bir erkak va bir ayoldan tashkil topishi belgilab qo‘yilgan. Ammo unda nega konstitutsiyaga bunday o‘zgartirish kiritish ehtiyoji bor, deb so‘raydigan bo‘lsangiz, biz bu muqaddas tushunchani, ezgu qadriyatni bosh qomusimizda ham ifoda etilishini istayapmiz. Ya’ni bu mavzuga muhokama boshlanmasdan avval nuqta qo‘yilishini xohlayapmiz.

Shuni ta’kidlashni istardimki, bu takliflarni jamiyatimizda katta o‘zgarishlarga yo‘l bergan, sabab bo‘lgan hurmatli davlat rahbarimiz va parlament raisi bilan hamda bir necha partiya rahbarlari bilan maslahatlashib amalga oshirmoqdamiz...
”.

Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish taklifiga hissa qo‘shgan va qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirar ekan, Zengin ko‘z yoshlarini tiya olmay: "Bugungi kunlarga yetib kelishimiz uchun harakat qilib, siyosiy kurash olib borgan va duolari, ibodatlari bilan hissa qo‘shgan barcha-barcha vatandoshlarimizga minnatdorchilik bildiramiz”, dedi.

Bu takliflarimizni biz sharafli deb bilamiz va Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi har bir deputatning o‘z vijdoni va aqlidan so‘rab ular uchun ovoz bergan odamlar uchun eng yaxshi qarorni qabul qilishlariga ishonamiz.

Konstitutsiyaviy komissiyasiga havola qilinadigan qonun loyihasining kelayotgan yanvar oyi oxirigacha muhokama qilinishini va fevral oyida parlamentga kelishini taxmin qilmoqdamiz. Ammo hozircha aniq bir sana haqida gapirish to‘g‘ri emas
”, dedi Zengin xonim.

Ahmad Ali tayyorladi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Oila faqat bir erkak va bir ayol bilan qurilishi kerak!» – Turkiyalik deputat