
Foto: InternationalWealth.info
Forbes nashri Telegram messenjeri asoschisi va egasi Pavel Durovning boyligini 15,1 mlrd dollarga baholadi. Bu uning Birlashgan Arab Amirliklarida yashovchi eng boy inson ekanini anglatadi.
Durov hozir BAAda yashaydi — 2022 yil boshida ushbu mamlakat pasportini olgan. Bundan tashqari, Rossiya, Fransiya hamda Sent-Kits va Nevis orol-mamlakati fuqarosi ham sanaladi.
Forbes jurnalining global milliarderlar reytingida Durov 123-o‘rinda. Jurnalning ruscha talqini 2021 yilda uni rossiyalik boylar orasida to‘qqizinchi o‘rinda joylashtirgandi.
2022 yilda Durovning boyligi kamaydi — o‘tgan yili Forbes uning boyligini $17 mlrd deb baholagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar