18:11 / 14.12.2022
1 329

Zelenskiy: Mudofaa tizimi Kiyevga hujum qilgan barcha dronlarni urib tushirdi

Zelenskiy: Mudofaa tizimi Kiyevga hujum qilgan barcha dronlarni urib tushirdi
Foto: AP
Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Kiyev va Kiyev viloyatiga ertalabki hujum chog‘ida barcha 13 ta kamikadze dronni urib tushirdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.

«Terrorchilar bugungi kunni ertalabdan 13 ta «shahedlar» bilan boshladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 13 tasi ham bizning Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlarimiz tomonidan urib tushirilgan. Ofarin! Men faxrlanaman!» - dedi u murojaatida.

Volodimir Zelenskiy Ukraina fuqarolarini havo hujumidan ogohlantirish tovushlari - sirenalarni yoddan chiqarmaslik lozimligi haqida ham eslatib o‘tdi.

Avvalroq Kiyev Eron dronlarining yangi hujumi haqida xabar bergandi. Kiyevda portlashlar ro‘y bergani haqida xabarlar tarqaldi.

«Poytaxtning Shevchenko tumanida portlashlar sodir bo‘ldi. Xizmatlar yo‘lda. Batafsilroq ma’lumot - keyinroq», — deb yozdi Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko Telegram'da.

Shuningdek, u Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari allaqachon Kiyev va Kiyev viloyati osmonida Eronning 10 ta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirganini aytdi.

O‘z navbatida, Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati raisi Oleksiy Kuleba boshpana va xavfsiz joylarda bo‘lishga chaqirdi, shuningdek, havo hujumidan mudofaa ishlari haqida hisobot berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: Mudofaa tizimi Kiyevga hujum qilgan barcha dronlarni urib tushirdi